SSKA klubi rahbariyati O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbos Fayzullayevga 10 kunlik ta’til berishga qaror qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi chorak final bosqichida Qatarga yutqazib, musobaqani tark etdi. 20 yoshli Fayzullayev esa barcha 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
«Biz Abbos bilan doimo aloqada bo‘lib turdik va unga muxlislik qildik. O‘zbekiston musobaqani alamli tarzda tark etdi, ammo turnir yaxshi o‘tdi. Agar Fayzullayevni darhol chaqirganimizda ham u bir nechta parvozlar orqali hozirgi yig‘in so‘ngida yetib kelardi va unda dam olish uchun imkoniyat bo‘lmasdi. Shuning uchun murabbiylar shtabi unga bir necha kunlik ta’til beradi va individual rejani taqdim etadi. U 14 fevral kuni boshlanadigan uchinchi yig‘inda jamoa safiga qo‘shiladi» — SSKA matbuot xizmat rahbari Kirill Breydo.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring