FIFAning Global transfer hisobotiga ko‘ra, xalqaro transfer xarajatlari 2023 yilda rekord o‘rnatdi.
2023 yilda xalqaro transferlarga 9,63 milliard dollar sarflandi va bu 2022 yildagi 6,5 milliard dollardan 48,1 foizga ko‘pdir.
2023 yilda 74 836 ta xalqaro transfer amalga oshirildi, bu tarixdagi rekord hisoblanadi.
2023 yilda eng yaxshi 10 nafar futbolchining transferlari umumiy summaning 10 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qilgan bo‘lsa, 3279 ta transferda birinchi 100 nafar futbolchining transferi barcha transferlar uchun sarflangan mablag‘ning 45 foizdan ortig‘ini tashkil etdi.
Eng ko‘p pul to‘langan transferlar orasida Dortmundning «Borussiya»sidan «Real»ga o‘tgan Jude Bellingem, «Benfika»dan «Chelsi»ga o‘tgan Enzo Fernandes va «Tottenxem»dan «Bavariya»ga o‘tgan Harri Keyn bo‘lib, ularning transfer narxi oshkor etilmagan.
O‘tgan yili 2,956 milliard dollar bilan xalqaro futbol transferlariga eng ko‘p pul sarflagan davlat Angliya bo‘lgan bo‘lsa, Germaniya 1,2 milliard dollar bilan transferlardan eng ko‘p daromad olgan mamlakat bo‘ldi. Saudiya Arabistoni klublari 2023 yilda jami 970 million dollar sarflagan holda birinchi marta xalqaro transferlar uchun eng yaxshi beshlikdan uchinchi o‘rinni egalladi, bu 2022 yildagi 50,4 million dollarga nisbatan deyarli 20 baravar ko‘p.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring