28
Tennischi Denis Istomin professional sportchilik faoliyatini yakunladi
Tennischi O‘zbekiston – Polsha uchrashuvidan so‘ng faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan.
Bu haqda o‘zbekistonlik sportchi “Humo Arena” mezbonlik qilgan Devis kubogi doirasidagi O‘zbekiston – Polsha uchrashuvidan so‘ng tennischi Denis Istomin professional sportchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, jarayon o‘ziga xos tadbirga ulanib ketdi. Unda Denis Istomin yosh tennischi Amir Milushevga qarshi ko‘rgazmali xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston tennis federasiyasi raisi Alisher Mirsoatov va federasiya Bosh kotibi Iroda To‘laganova kortga chiqib kelishdi.
Denis 2012, 2016 va 2020 yillardagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan. Osiyo o‘yinlarida 2010 yilda 2 ta kumush, 2014 yilda 1 ta bronza, 2018 yilda oltin medallarini qo‘lga kiritgan.
2012 yil ATP bayrog‘i ostida o‘tgan turnirlarda 2 bor (2015, 2017 yillar) bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Tennischi “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring