27
Osiyo kubogi. Hamrobekov chorak final ramziy terma jamoasiga kiritildi
Osiyo futbol konfederasiyasi talqiniga ko‘ra Osiyo Kubogi musobaqasining chorak final o‘yinlarining ramziy jamoasi e’lon qilindi.
Tarkibdan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Odiljon Hamrobekov o‘rin oldi. Odiljon Qatarga qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygandi.
Penaltilar seriyasida o‘zbekistonliklarning 3 ta zarbasini qaytargan Qatar posboni Meshaal Barsham ham ramziy jamoaga kiritildi.
Darvozabon: Meshaal Barsham (Qatar);
Himoyachilar: Abdulloh Nasib (Iordaniya), Lukas Mendes (Qatar). Seol Yong Vu (Janubiy Koreya);
Yarim himoyachilar: Alirizo Jahonbaxsh (Eron). Hidemasa Morita (Yaponiya), Muhammad Muhibiy (Eron), Odiljon Hamrobekov (O‘zbekiston).
Hujumchilar: Son Hyon Min (Janubiy Koreya), Sardor Azmun (Eron), Kreyg Gudvin.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring