36
Boks. Ispaniyadagi xalqaro turnirda 4 nafar bokschimiz chempion bo‘ldi
Ispaniyaning La Nusiya shahrida “Boxam” xalqaro turniri yakunlandi. Turnirda 4 nafar hamyurtimiz chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Ular orasida -92 kg vaznda jang olib boradigan bokschimiz Shohjahon Abdullayevning raqibi, mezbon davlat bokschisi Rees Pla Emmanuyelning ringga chiqmagani sababli hamyurtimiz oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Finalda jang qilgan 3 nafar hamyurtimiz esa o‘z raqiblarini mag‘lub etishdi.
Finalda jang qilgan bokschilarimiz:
-63,5 kg Mujibillo Tursunov - Amit Kumar (Hindiston) - 5:0
-71 kg Havasbek Asadullayev - Marco Verde (Meksika) - 5:0
-80 kg To‘rabek Habibullayev - Bernal Pablo Coy (Ispaniya) - 5:0.
Shuningdek, Ruslan Abdullayev va Lazizbek Mullojonov musobaqada bronza medaliga ega bo‘lishdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Shuningdek, Ruslan Abdullayev va Lazizbek Mullojonov musobaqada bronza medaliga ega bo‘lishdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring