O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Osiyo kubogi chorak final bosqichi doirasida Qatarga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Penaltilar so‘ng musobaqani tark etganimizdan xafamiz. Keyingi bosqichga chiqmoqchi edi, afsus buni uddalay olmadik.
Futbolchilar bor kuchlarini berib harakat qilishdi. Ularda ishtiyoq yuqori edi, ammo ko‘p vaziyatlardan foydalana olmadik. Bugun 120 daqiqa davomida katta kuch yo‘qotdik.
Umuman olganda, musobaqada yaxshi ishtirok etdik. Futbolchilarim bundan faxrlanishlari kerak", — dedi Katanes.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring