+38° Kechasi +23°
Andijon (Bugun, 9 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 683.99 so'm (+35.87 so'mga)
139.24 so'm (+0.82 so'mga)
13 647.97 so'm (+25.94 so'mga)
04-02-2024, 00:15
17

«Navbahor» nazorat bahsida Braziliya klubini mag‘lub etdi

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada olib borayotgan «Navbahor» bugun navbatdagi nazorat bahsini Braziliyaning “Mauense” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur o‘yinda “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi: Ozodbek Ma’rupov, Filip Ivanovich, Dostonbek Abdulhayev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Alijon Alijonov, Azimjon Ahmedov, Abrorbek Ismoilov, Ozodbek O‘ktamov, Navro‘zbek Iminjonov, Giorgi Nikabadze, Shodiyor Shodiboyev. Zaxiradan maydonga tushganlar: Toma Tabatadze, Siyavash Haqnazari, Ruslanbek Jiyanov, Asadbek Sobirjonov, Yovan Jokich. Ushbu bellashuvda “lochinlar” 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Gollarga Siyavash Haqnazariy va Ruslanbek Jiyanov mualliflik qilishdi. Ta’kidlash joizki, jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketgandi. Gollar esa 2-bo‘limda, zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchilar tomonidan urildi. “Navbahor” PFK matbuot xizmati.










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта