35
Shahram Ahadov Parij «Katta dubulg‘a» turnirida sovrindor bo‘ldi
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shahram Ahadov Parij shahri mezbonlik qilayotgan «Katta dubulg‘a» musobasida shohsupaga ko‘tarildi. -73 kg vazn toifasida bahs olib borgan polvonimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda qozog‘istonlik Daniyar Shamshayev ustidan g‘alaba qozonib, bronza medaliga egalik qildi. Ushbu natija Ahadovga jahon va Olimpiada reytingi uchun 500 ochko taqdim etadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring