Boks bo‘yicha Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov futbol bo‘yicha Osiyo kubogi chorak finali doirasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston - Qatar o‘yini haqida fikr bildirdi.
"O‘yinlarni to‘liq kuzatib boryapman, O‘zbekistonga muxlislik qilyapman. Xudo xohlasa Qatarni yutishimiz kerak.
Eron va Suriya o‘yininiyam ko‘rdim. Suriya va O‘zbekiston qanday o‘yin bo‘ldi va ular Eron bilan qanday o‘ynashdi? O‘zbekistonda ancha o‘sish bor.
Menimcha Qatarni yuta olamiz. Baribir endi o‘z uyingda devorlar ham yordam beradi degan gap bor. Bu narsaga qaramaslik kerak. Chiqib, harakat qilish kerak. Xarakter ko‘rsatsak, yutamiz.
Mana shu yil Osiyo kubogini yutishimiz uchun katta imkoniyat. Bu orqali reytingimizni ham yaxshilab olardik, kelayotgan JCH-2026 oldidan ham o‘zimizga ancha ishonch olardik", - dedi Bahodir Jalolov olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Qatar uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring