39
Bugun Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati boshlanadi
Bugun poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati boshlanadi. Kecha qit’amizning 34 mamlakatidan 239 nafar sportchi ishtirok etadigan mazkur musobaqa oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbir bevosita bellashuvlarga mezbonlik qiladigan «Yunusobod sport majmuasi»da o‘tkazildi.
Tadbirda musobaqaning ahamiyati, jamoalarning tayyorgarligi haqida batafsil ma’lumot berildi. Uning Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi chempionatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirgan.
Osiyo og‘ir atletika federasiyasi vise-prezidenti, O‘zbekiston Sport vazirining o‘rinbosari, og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov hozirda bor e’tibor maksimal darajada Olimpiya o‘yinlari lisenziyalarini qo‘lga kiritishga qaratilgani, bu borada davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilayotganini ta’kidladi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring