+19° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
03-02-2024, 19:38
53

Ispaniyadagi xalqaro turnirda 4 nafar bokschimiz finalga chiqdi

Ispaniyada o‘tkazilayotgan "Boxam” xalqaro turniri doirasida kecha 6 nafar bokschimiz yarim final janglarini o‘tkazdi. Ruslan Abdullayev (63,5 kg) jarohat sabab ringga ko‘tarilmagan bo‘lsa, -92 kg vaznda bahs olib borgan bokschimiz Lazizbek Mullojonov esa, hakamlar qaroriga ko‘ra, mezbon davlat vakili Rees Pla Emmanuyelga 3:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi. Qolgan 4 nafar hamyurtimiz o‘z jangida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yarim finalda jang qilgan bokschilarimiz va ularning natijalari bilan tanishing: -63,5 kg. Ruslan Abdullayev - Kumar Amit (Hindiston) - hamyurtimiz jarohat sabab ringga chiqmadi; -63,5 kg. Mujibillo Tursunov - Mckay Cameron (Angliya) - 3:2; -71 kg. Havasbek Asadullayev - Bernad Frank Martinez (Ispaniya) - 5:0; -80 kg. To‘rabek Habibullayev - Sag‘in Satibaldi Uulu (Qirg‘iziston) - 5:0; -92 kg. Lazizbek Mullojonov - Rees Pla Emmanuyel (Ispaniya) - 2:3; -92 kg. Shohjahon Abdullayev - Ricardo Adrian Fresneda (IBA) - 5:0.










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта