+17° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 27 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 820.47 so'm (+5.69 so'mga)
122.26 so'm (-1.24 so'mga)
13 470.47 so'm (+27.77 so'mga)
03-02-2024, 19:37
37

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Malayziya klubiga o‘tdi

O‘zbekiston milliy jamoasi va "Nasaf" klubi himoyachisi Umarbek Eshmurodov Malayziyaning "Selangor" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "Selangor" klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi. Ma’lumotlarga qaraganda, 31 yoshli futbolchining "Nasaf" bilan shartnomasi yakuniga yetgan va u erkin agent sifatida Malayziya klubi bilan shartnoma imzoladi. Ushbu klub kelasi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasida ishtirok etadi. Kosonda tug‘ilgan Eshmurodov futbolchilik faoliyatini 21 yoshda "Sho‘rtan"da boshlagan. U g‘uzorliklar safida 4 mavsum o‘ynab, 83 bahsda 4 gol urgan. Umarbek shundan so‘ng "Nasaf" safiga o‘tib, Superliga, O‘zbekiston kubogi va Osiyo chempionlar ligasida klub sharafini himoya qildi. Umarbek "Nasaf"ning so‘nggi mavsumlardagi sardori sifatida harakat qildi. Futbolchi ilk marta 2020 yilda O‘zbekiston terma jamoasidan taklif oldi. "Selangor" Eshmurodov uchun ilk xorij klubi bo‘ladi. "Ochig‘ini aytsam, men doimo xorijda o‘ynashni istardim. O‘zbekistondagi 12 yillik faoliyatimdan so‘ng ilk marta xorijga yo‘l olyapman. Umid qilaman, orttirilgan tajribam tufayli "Selangor"ning joriy mavsumda muvaffaqiyatga erishishida yordam beradi", — dedi Umar. Eslatib o‘tamiz, Umarbek Eshmurodov ayni paytda O‘zbekiston milliy jamoasi safida Osiyo kubogida ishtirok etmoqda. Futbolchi "Selangor" muxlislariga murojaat qilib, musobaqadan keyin Malayziyada ko‘rishishini ma’lum qildi. "Selangor" Malayziyaning 2023 yilgi mavsumda 2-o‘rinni egalladi.










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта