+19° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
02-02-2024, 23:50
53

Osiyo kubogi-2023. Janubiy Koreya yarimfinalga chiqdi

Avstraliya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi uchrashuvda Gudvinning yagona goli chempionlikka asosiy da’vogarlar qatoriga kiritilgan koreyslarni uyiga ravona qilishga juda yaqin edi. Ammo, 90+6-daqiqada Son Hyon Min penalti ishlagach, Chxan muvozanatni tiklab, jamoalarni qo‘shimcha bo‘limlarga taklif qildi – 1:1.

Koreyslar so‘nggi uch kunda ikkinchi marta 120 daqiqalik bahsda to‘p surgan bo‘lishiga qaramay, ekstra-taymlarda ustunlik qilishdi. 104-daqiqada Son yana katta sahnaga chiqib, jarima zarbasidan supergol muallifiga aylandi – 2:1.

Shu tariqa, Son Hyon Min yetakchiligidagi koreyslar kambek qilib, Avstraliyani turnirdan chiqarib yuborishdi. Janubiy Koreya yarimfinalda Iordaniyaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.

Osiyo kubogi-2023. Chorakfinal Avstraliya – Janubiy Koreya 1:2




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта