+19° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
02-02-2024, 00:40
99

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Rossiyaga qarshi birinchi o‘yinda yutqazdi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Nijniy Novgorod shahrida Rossiyaga qarshi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Unda mezbonlar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi hisobni terma jamoamiz ochdi. "Standart"dan foydalanib, Akbar Usmonov darvozani ishg‘ol qildi. Rossiyaliklar tanaffusga qadar hisobda tenglashtirishdi. Ruslar ikkinchi bo‘limni faol boshlashdi va dastlabki 6 daqiqa ichida ikkita gol urishdi. 31-daqiqada esa Ilhom Hamroyev hisobni bittaga qisqartirdi. O‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida Rossiya to‘rtinchi golni urishga muvaffaq bo‘lishdi. Bahs so‘ngida O‘zbekiston besh futbolchi taktikasida harakat qildi, ammo raqib darvozasiga yo‘l toa olmadi. Futzal. Nazorat uchrashuv ROSSIYa - O‘ZBEKISTON - 4:2 Gollar: Andrey Pankratov (17), Yanar Asadov (23, 37), Artyom Antoshkin (26) – Akbar Usmonov (10), Ilhom Hamroyev (31)










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта