+19° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
01-02-2024, 09:39
95

Ronaldu va Messi qarama-qarshiligi sodir bo‘lmaydigan bo‘ldi

“An-Nasr” bosh murabbiyi Luish Kashtru Krishtianu Ronalduning “Inter Mayami”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.

Shu tariqa, portugaliyalikning yo‘li Lionel Messi bilan hamma orziqib kutgan futbol maydonida kesishmaydi.

“Biz buni ko‘rmaymiz [Ronaldu va Messi qarama-qarshiligi]. Ronaldu guruhga qo‘shilishdan oldin tiklanishning so‘nggi bosqichida.

Umid qilamizki, u yaqin kunlarda jamoa bilan ishlay boshlaydi. U "Inter Mayami" bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi", - dedi Kashtru jurnalistlarga.

Fevral oyining birinchi oqshomida “An-Nasr” va “Inter Mayami” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта