+19° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
31-01-2024, 23:20
97

Xabi Alonso «Liverpul» muxlislaridan pul so‘radi?!

Tailandda o‘zini Xabi Alonso deb tanishtirgan firibgarlar faoliyat yuritmoqda.

Tailand polisiyasi mamlakatdagi «Liverpul» muxlislarini onlayn firibgarlikning yangi turi haqida ogohlantirdi.

Firibgarlar instagramda «Bayer» bosh murabbiyining surati bilan akkaunt ochib, unga tay tilida quyidagi xabarni joylashdi: «Salom, men Xabi Alonsoman. Keyingi mavsumda «Liverpul»ni boshqaraman. Lekin Angliyaga borish uchun chiptalarga pulim yetarli emas. Agar menga yordam berishni istasangiz, 300 bat yuboring (taxminan 8 yevro)».

Tailand polisiyasi fuqarolarni firibgarlarga ishonmaslikka, shubhali xabarlardan qochishga, pul o‘tkazmalarini amalga oshirmaslik va firibgarlar xabarlaridagi havolalarni ulashmaslikka chaqirdi.

«Liverpul» muxlislari, tinchlaning. Xabi hali sizning klubingiz murabbiyi emas, lekin firibgarlar bor», — deb yozadi polisiya.

Ma’lumot uchun, «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp mavsum so‘ngida jamoani tark etishini ma’lum qildi. Uning o‘rniga nomzodlar qatorida leverkuzenliklar ustozi Alonso ham bor.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта