+18° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
31-01-2024, 09:45
50

Bokschilarimiz Ispaniyada muvaffaqiyatli yurishini boshladi

Ispaniyaning La-Nusiya shahrida boks bo‘yicha havaskorlar o‘rtasidagi "Boxam-2024" turnirining ilk kunida to‘rt nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi.

Musobaqaning -63,5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullayev portugaliyalik Duarte Davidni, -71 kg vaznda Havasbek Asadullayev italiyalik Cavallaro Salvatoreni, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev esa ruminiyalik Nistreanu Marcelni, vazni -80 kg bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Yo‘ldoshev qirg‘izistonlik Erkin Adilbekni 5:0 hisobida yengib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, 4 fevral kuniga qadar davom etadigan ushbu musobaqa terma jamoamiz a’zolari uchun Italiyada 4-11 mart kunlari o‘tkaziladigan "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqadan oldin so‘nggi bosqich tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Turnirda bokschilarimiz To‘lqin Qilichev, Xuan Enrike, Akmal Hasanov va Sirojiddin Naimov murabbiyligi ostida ishtirok etmoqda.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта