37
Osiyo kubogi-2023. Janubiy Koreya penaltilar seriyasida Saudiyani mag‘lub etdi
Osiyo kubogining chorak final bosqichiga chiqqan oltinchi jamoa nomi aniq bo‘ldi. Ilgiz Tanteshev boshchiligidagi hakamlarimiz boshqarib borgan Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi nimchorak final bahsi hozirgina yakuniga yetdi.
Birinchi bo‘limda tomonlar teng o‘yin namoyish etishdi, ammo golga eng yaqin vaziyatni saudiyaliklar yuzaga keltirishdi. Bir vaziyatda to‘p ikki marta to‘singa tegib qaytgan bo‘lsa, uchinchi zarbani koreyalik darvozabon katta qiyinchilik bilan qaytardi.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa Saudiya Arabistoni hisobni ochdi. Zaxiradan tushganiga bir necha soniya bo‘lgan Abdulloh Radif yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg‘ol qildi.
Janubiy Koreya o‘yinning so‘nggi daqiqalarda shturm uyushtirib, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 9-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi: Cho Guye Sung bosh bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda terma jamoalar nisbatan tinchlanishdi, ammo ularda gol urish bittadan yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Ammo hisob o‘zgarmay qoldi.
Penaltilar seriyasida esa koreyalik posbon Jo Xyon-Vu saudiyaliklarning 2ta zarbasini qaytardi — 4:2.
Shu tariqa, Saudiya Arabistoni musobaqani tark etdi. Koreya esa chorak finalda Avstraliya bilan to‘qnash keladi.
Osiyo kubogi-2023. Nimchorak final
SAUDIYa ARABISTONI - JANUBIY KOREYa - 1:1.
Qo‘shimcha bo‘limlar — 0:0. Penaltilar seriyasi — 2:4.
Gollar: Abdulloh Radif (46) — Cho Guye Sung (90+9)
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring