41
Srechko Katanes: «O‘yin boshida urilgan gol tufayli ishimiz osonlashdi»
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Osiyo kubogi 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Hindistonga qarshi o‘yin (3:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Futbolchilarimning harakatlaridan qoniqish hosil qildim. Biz juda yaxshi o‘ynadik. Jamoa maydon bo‘ylab yaxshi harakat qildik va bir nechta yaxshi zarbalar yo‘lladik. O‘yin boshida gol urib olsang, hammasi osonlashadi.
Hindiston FIFA reytingida yaxshi pog‘onani egallab turibdi. Taktik jihatdan esa biz yaxshiroq o‘ynadik. Futbolchilarimiznin saviyasi tufayli g‘alaba qozona oldik", — dedi Katanes.
"Avstraliyaga qarshi qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Qog‘ozda Avstraliya bizdan kuchliroq bo‘lishi mumkin, ammo maydonda 11 futbolchiga qarshi 11 futbolchi o‘ynaydi. O‘zbekiston Avstraliyadan kuchsiz emas", — dedi Abbos Fayzullayev.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring