Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi – IFFHS 2023 yil yakuni bo‘yicha jahonning eng kuchli jamoalar reytingini e’lon qildi.
Ushbu ro‘yxatni tuzishda jamoalarning 2023 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga bo‘lgan muddatda qayd etgan ko‘rsatkichlari asos qilib olindi.
Unga ko‘ra, o‘tgan yili Angliya chempionligi, mamlakat kubogi va Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqib, trebl qayd etgan “Manchester Siti” dunyoning eng kuchli jamoasi sifatida qayd etildi.
Xosep Gvardiola shogirdlari avvalgi reytingda ham peshqadamlik qilgan edi.
Kuchli uchlikdan Madridning “Real” va Milanning “Inter” jamoalari ham joy oldi. Qizig‘i shundaki, bu ikki jamoa o‘tgan yili chempionlik unvonlarini raqiblari – mos ravishda “Barselona” va “Napoli”ga topshirib qo‘ygan edi.
Reytingning to‘rtinchi pog‘onasida Afrika qit’asi vakili – Misrning “Al-Ahli” klubi qayd etilgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring