O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi 1/8 final bosqichida Tailandga qarshi bo‘ladi. O‘yin oldidan milliy jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
"Uchrashuvga qadar 7 kun vaqtimiz bor edi. Biz tayyormiz. Barchasini endi maydonda ko‘ramiz.
Ertangi natija barchasini ko‘rsatadi. Jarohatlarga kelsak, bizga bu muddat hech qanday yordam bermadi. Jarohatlangan futbolchilarimiz uzoq muddatga safdan chiqqan.
Tailand hali gol o‘tkazmadi. Yaxshi shakllangan jamoa. Himoyadan hujumga tez o‘tadi. Tailandga qarshi o‘ynayotganimiz omad emas. Ha, ba’zi muhim o‘yinchilarni yo‘qotdik. Hozir ham yaxshi o‘yinchilarimiz safda, ular ertaga jamoaga kerakli natijani qayd etishda yordam beradi", — dedi Srechko Katanes.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi uchrashuv 30 yanvar kuni 16:30 da start oladi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring