+13° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 22 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
29-01-2024, 11:19
31

Dzyudochilarimiz Portugaliya Gran-prisini 3 medal bilan yakunladi

Portugaliyada dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan Gran-pri musobaqasida dunyoning 90 mamlakatidan kelgan 624 nafar dzyudochi medallar bilan birgalikda, reyting ochkolari uchun kurashdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 oltin va 1 kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi 60 kilogrammgacha vazn toifasida Dilshod Baratov, vazni 52 kilogrammgacha bo‘lgan ayollar orasida esa Diyora Keldiyorova barcha raqiblarini yengib oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 70 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Gulnoza Matniyozova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Obidxon No‘monov (-73 kg.) va Nurbek Murtazoyev (-81 kg.) turnirni kuchli beshlikda yakunladi.

Afsuski, ushbu Gran-prida hamyurtimiz Davlat Bobonov (-90 kg) tayyorgarlik mashg‘uloti jarayonida kichik jarohat olgani bois ishtirok etmadi.

Mazkur natijalardan so‘ng, Diyora Keldiyorova hamda Dilshod Baratov Olimpiada va jahon reytingining 700, Gulnoza Matniyozova esa 490 ochkosiga ega bo‘ldi. Obidxon No‘monov hamda Nurbek Murtazoyev esa ushbu musobaqada 252 reyting ochkosini o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 2 oltin va 1 kumush medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Umumjamoa hisobida Yaponiya 2 tadan oltin va kumush hamda 5 bronza bilan birinchi, Turkiya esa ikki oltin, bir kumush jamg‘arib uchinchi bo‘ldi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта