125
Farg‘onada YPX inspektorini «kapot ustida osiltirib haydagan» haydovchi jazolandi
Unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Farg‘ona shahrida YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan haydovchi jazolandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, avtomobilini haydagan. Shunda YPX inspektori mashina «kapoti»ga osilgan. Haydovchi shunday holatda yana bir necha metr harakatlanib, keyin to‘xtagan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona sudi tomonidan haydovchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-2-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybdor deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ta’kidlanishicha, haydovchi avval ham shunday harakatlarni sodir etgan.