25
Tailand va Xitoy fuqarolarning o‘zaro vizasiz sayohati to‘g‘risida shartnoma imzoladi
Tailand Bosh vazirining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Panpri Pxittxanukon va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I o‘zaro vizasiz sayohat to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
“Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari bugun Bangkokda “Tailand Qirolligi hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati o‘rtasida oddiy va umumiy pasport egalarini o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risida”gi Bitimni imzoladilar”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Hujjatda aytilishicha, 2024 yil 1 martdan kuchga kiradigan kelishuvni imzolash marosimi Tailand Tashqi ishlar vazirligi binosidagi Naratxip qabullar zalida bo‘lib o‘tdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring