+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 25 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
28-01-2024, 13:22
25

Xitoy Rossiya og‘ir sanoatini qutqaradi


Rossiyaning og‘ir sanoati, harbiy ehtiyojlar uchun temir va po‘lat ishlab chiqarish asosan Xitoyning yordami tufayli mavjud bo‘lib kelmoqda, deb yozadi Bloomberg.

Bir misol, Magnitogorskda xitoyliklar yangi zavod qurmoqda. Shartnoma Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanishidan oldin tuzilgan bo‘lsada, yaqinda u erga ishni tezlashtirish uchun yuzlab yangi ishchilar va muhandislar kelishdi.

Bundan tashqari, Norilsk Nikel xitoylik hamkorlarni oltingugurt dioksidi chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga taklif qildi. Ilgari bu evropalik sheriklar tomonidan amalga oshirilgan, ammo urush boshlanganidan keyin ular Rossiya Federasiyasini tark etishgan.

Severstal o‘z zavodlaridan biri uchun Xitoy uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha milliard dollarlik shartnoma imzoladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Xitoy avtomobillari va boshqa uskunalari Rossiya og‘ir sanoati uchun muqobil bo‘lmagan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта