26
Evropa falastinlik qochqinlarni moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatadi
Buyuk Britaniya va Finlyandiya BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligini (UNRWA) moliyalashtirishni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Evropa davlatlari UNRWA ni moliyaviy ko‘makdan mahrum qilishiga uning ayrim xodimlari Isroilga qarshi jangovar harakatlarda qatnashayotgani haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan.
“Ushbu iddaolar sinchiklab tekshirilgunga qadar UNRWA ga barcha mablag‘larni o‘tkazish vaqtincha to‘xtatiladi. Biz G‘azo sektoridagi odamlarga insonparvarlik yordamini yetkazish zarurligiga ishonishda davom etamiz”, — deya tushuntirdi Britaniya diplomatlari.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring