+23° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 22 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 909.64 so'm (-28.56 so'mga)
159.75 so'm (+0.24 so'mga)
14 908.05 so'm (+197.32 so'mga)
28-01-2024, 01:19
83

Shia guruhlari Suriya va Iroqdagi Amerika bazalarini o‘qqa tutganini e’lon qildi

Iroq shia jangarilari shanba kuni Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi harakatlari va ularning AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga javoban Suriya va Iroqdagi Amerikaning ikkita harbiy bazasini o‘qqa tutdi, deyiladi guruhlar o‘zlarining Telegram-kanallaridagi bayonotlarida.

O‘zlarini “Islomiy qarshilik” deb atagan guruhlar bayonotlariga ko‘ra, Suriyadagi Koniko konidagi Amerika bazasi hamda Iroq g‘arbidagi Ayn al-Assad bazasi hujumga uchragan.

Amerikaning Iroq va Suriyadagi harbiy bazalariga so‘nggi paytlarda bir necha bor hujum qilingan, buning uchun javobgarlikni Iroqda faoliyat yuritayotgan qurolli shia guruhlari o‘z zimmalariga olgan.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта