+13° Kechasi +4°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
28-01-2024, 01:17
26

Qozog‘iston FVV: respublika hududida 1900 dan ortiq aftershok qayd etildi

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmologik kuzatish va tadqiqot milliy ilmiy markazi joriy yil 23 yanvardan buyon mamlakat hududida 1900 dan ziyod yer silkinishini qayd etdi, shundan 11 tasi sezilarli, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmatiga tayanib, “Anadolu”.

– Seysmik faollik Xitoy va Qirg‘iziston chegarasidagi kuchli zilzila bilan namoyon bo‘lgan, seysmik to‘lqin yaqin atrofdagi davlatlar, xususan, Qozog‘iston hududiga ham tarqalgan, – deyiladi departament xabarida. – Odatda, kuchli zilziladan so‘ng ko‘plab aftershok sodir bo‘ladi. Hamon kuzatilayotgan jarayon qancha davom etishi ko‘plab omillar, jumladan zilzila episentri joylashgan hududning seysmikligiga, yer sharoitiga bog‘liq. Seysmiklik kuchayishi jarayoni asta-sekin susayadi va normal holatga qaytadi.

FVV Inqirozli vaziyatlarda boshqaruv markazi bazasida respublika tezkor shtabi ishi davom etayotgani, transport va ishlab chiqarish ob’ektlari odatdagidek ishlayotgani, vaziyat barqarorligini qayd etdi.

Fuqarolarga vahimaga tushmaslik, xotirjamlikni saqlash, shuningdek, dori-darmon, zaruriy buyumlar, oziq-ovqat, hujjatlar, fonus va issiq kiyimdan iborat “signal jomadoni”ni oldindan tayyorlash tavsiya qilindi.

Avvalroq Prezident Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda seysmik xavfsizlikni ta’minlashga yondashuvni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan edi.

Mamlakat rahbari favqulodda vaziyatlarning oldini olish, muammolarni bartaraf etish tizimi jihozlanishini tanqid qilgan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта