Yozuvchi Boris Akunin (Grigoriy Chxartishvili) Rossiya ichki ishlar vazirligining federal qidiruv bazasidagi ro‘yxatga qo‘shildi. Buni «Mediazona» 26 yanvar, juma kuni aniqladi. 2014 yildan beri Akunin Londonda yashaydi. U Rossiya hukumati va shaxsan prezident Putinning siyosatini bir necha bor tanqid qilib, Qrimdagi holat va Ukrainadagi urushni ochiq qoralagan.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan keyin Akunin asarlari Rossiya Federasiyasida kuchli senzura bosimiga duchor bo‘ldi. Uning pyesalari asosidagi spektakllar afishalaridan nomi olib tashlandi va ba’zi teatrlar bunday spektakllarni bekor qildi. 2023 yil dekabr oyi o‘rtalarida AST nashriyoti yozuvchining kitoblarini tarqatishni to‘xtatayotganini bildirdi. «Chitay-gorod - Bukvoyed» do‘konlar tarmog‘ida ham savdo to‘xtadi. Xavfsizlik kuchlari Akunin kitoblarini nashr etuvchi Moskvadagi «Zaxarov» nashriyotida tintuv o‘tkazish uchun keldi.
Akunin «ekstremistlar» ro‘yxatiga kiritilganidan keyin «chet el agenti» deb e’lon qilindi
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring