Fransiya prezidenti Emmanuel Makron migrantlarga nisbatan qoidalarni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Beshinchi respublika rasmiy jurnali xabar qildi.
“Konstitusiyaviy kengashning 2024 yil 25 yanvardagi qarorini inobatga olgan holda, Respublika prezidenti qonunni e’lon qilmoqda”, — deyiladi hujjat matnida.
25 yanvar kuni Fransiya Konstitusiyaviy kengashi immigrasiya qoidalarini kuchaytirish haqidagi qonunning ayrim moddalari mamlakatda amaldagi Konstitusiyaga zid ekanini tan oldi va shu sababli qonun loyihasi matnining uchdan biridan ko‘prog‘i rad etildi.
Loyihadagi oilaviy viza bilan kirish, chet ellik talabalar uchun mamlakatni tark etish, shuningdek, “migrasiya kvotalari”ni joriy etish qoidalarini qat’iylashtiruvchi moddalar qabul qilinmadi.
Kengash mamlakatda noqonuniy bo‘lganlik uchun jinoiy jazo qo‘llash, shuningdek, kasbiy faoliyat turi hamda mamlakatda bo‘lish muddatiga qarab ijtimoiy ta’minot olish huquqidagi farqlarni qonunga zid deb hisobladi. Bundan tashqari, mamlakatda tug‘ilgan har bir chaqaloqqa Fransiya fuqaroligini berish bilan bog‘liq o‘zgarishlar ham ushbu ro‘yxatdan joy olgan.
Qonun loyihasi migrantlar va xorijlik ishchilar hamda kasaba uyushmalarini himoya qiluvchi fransuz nodavlat tashkilotlari tomonidan tanqid qilingandi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring