Kiyev Xitoy rahbari Si Jinpingni global tinchlik sammiti - Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish bo‘yicha 5-konferensiya deb atalmish anjumanda ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda 26 yanvar, juma kuni Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva Reuters agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Pekinning Shveysariyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu forumdagi ishtiroki Kiyev uchun juda muhim bo‘ladi, dedi Jovkva. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Xitoy tomoni bilan ishlamoqda, shuningdek, bo‘lajak konferensiyaning ahamiyatini XXRga yetkazish uchun xalqaro hamkorlarni jalb qilmoqda.
Xitoy hozircha Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlarining harakatlarini tanqid qilishdan o‘zini tiyib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Ukraina bo‘yicha beshinchi tinchlik sammiti Shveysariyada tashkil etilishini ikki davlat prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Viola Amherd yanvar o‘rtalarida e’lon qilgan edi
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring