+13° Kechasi +4°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
27-01-2024, 21:38
24

Finlyandiya BMT agentligiga moliyaviy yordam berishni to‘xtatdi

Finlyandiya Isroil rasmiylarining BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi xodimlarining XAMASni qo‘llab-quvvatlagani haqidagi da’volari ortidan UNRWAga moliyaviy ko‘makni to‘xtatdi.

Finlyandiya taraqqiyot hamkorlik va tashqi savdo vaziri Ville Tavio X ijtimoiy tarmoqdagi postida UNRWA xodimlari Xamasni qo‘llab-quvvatlayotgani haqidagi da’volar «o‘ta tashvishli» ekanini aytdi.

«Finlyandiya UNRWAga yordam berishni vaqtincha to‘xtatadi va mustaqil tergov natijalarini kuzatib boradi», dedi Tavio, Xamasga yordam bermasligini ta’kidladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroil rasmiylarining UNRWA xodimlarining 7-oktabrdagi hujumlarga aloqadorligi haqidagi da’volarini zudlik bilan tekshirishga chaqirdi.

UNRWA Isroilning da’volariga javob berib, ba’zi xodimlarini ishdan bo‘shatdi va da’volar bo‘yicha tergov boshladi.

AQSh Davlat departamenti, shuningdek, ayblovlar tekshirilayotganda UNRWAni moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatish qarorini e’lon qildi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта