+13° Kechasi +4°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
27-01-2024, 20:59
19

Van I: Tayvan masalasi Xitoy-AQSh munosabatlari uchun asosiy muammoga aylandi

"Tayvan mustaqilligi" masalasi Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun asosiy muammo hisoblanadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozadi “Report” xorijiy OAVga tayanib.

“Tayvan masalasi Xitoyning ichki ishi bo‘lib, Tayvandagi saylovlar Tayvan Xitoyning bir qismi ekanligi haqidagi haqiqatni o‘zgartira olmaydi. "Tayvan mustaqilligi" Tayvan bo‘g‘ozidagi tinchlik va barqarorlik uchun eng katta xavf hisoblanadi va "Tayvan mustaqilligi" Xitoy-AQSh munosabatlari uchun eng katta muammodir”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Jozef Bayden o‘z mamlakati Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamasligini tasdiqlagan edi. Shu bilan birga, Oq uy Qo‘shma Shtatlar Tayvanda tinchlik tarafdori ekanini, biroq mintaqaga qurol-yarog‘ yetkazib berishdan bosh tortmasligini ma’lum qildi.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта