21
Kanada va AQSh BMT orqali falastinlik qochqinlarni moliyalashtirishni sekinlashtirdi
Kanada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligidan (UNRWA) mablag‘larni vaqtincha olib qo‘yadi. Bu haqda Kanada xalqaro taraqqiyot vaziri Ahmad Xussen ma’lum qildi, deb xabar beradi CTV News.
Isroil agentlikni HAMAS terrorchilik guruhi bilan aloqasi borlikda gumon qilmoqda. Ottava Vashingtondan keyin shunday qaror qabul qildi. Hussen Ottava G‘azo sektoridagi gumanitar inqirozdan xavotirda ekanini ta’kidlab, gumanitar yordamni tez yetkazib berishga chaqirmoqda.
Xuddi shunday qaror UNRWA bilan 2023-2026 yillar uchun yiliga 5 million yevro miqdoridagi gumanitar yordam kelishuviga ega Finlyandiya tomonidan ham qabul qilindi.
26 yanvar kuni Isroil UNRWAga 7-oktabrdagi hujumga o‘zining bir necha xodimlarining aloqadorligi haqida ma’lumot berdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotib Antoniu Guterrishning bunday taxminlardan hayratga tushganini va tergov ochishni so‘raganini bildirdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring