41
Arab davlatlari Falastin va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilish ustida ishlamoqda
Arab davlatlari tez orada mustaqil Falastin davlati tashkil etilishiga javoban Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish rejasini taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Financial Times gazetasi manbalarga tayanib yozmoqda.
Nashrning yozishicha, qator arab davlatlari G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilishni ta’minlash rejasini ishlab chiqmoqda.
“Reja Isroil Falastin davlatini yaratish yo‘lidagi “qaytarib bo‘lmaydigan” qadamlarga rozi bo‘lsa, uni normallashtirishni taklif qilishi mumkin bo‘lgan kengroq rejaning bir qismidir”, — deyiladi nashrda.
Ta’kidlanishicha, tashabbus mualliflari Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasidagi urushni tugatish, shuningdek, Yaqin Sharqda kengroq mojaroning oldini olish maqsadida bir necha hafta ichida reja taqdim etish niyatida.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring