+13° Kechasi +4°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
27-01-2024, 14:18
27

Gaaga sudi Isroilga G‘azoda genosidning oldini olish choralarini ko‘rishni buyurdi

Juma kuni Xalqaro sud Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi da’vosi bo‘yicha dastlabki qarorni qabul qilib, Isroilga G‘azo sektoridagi genosid harakatlarining oldini olish, ishtirok etganlarni jazolash va anklavdagi gumanitar vaziyatni yaxshilash uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurdi, deb xabar beradi Kazinform agentligi VVSga tayanib.

Dekabr oyida Janubiy Afrika isroilliklarning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlari falastinliklarga qarshi genosid bo‘lganini aytib, ushbu organga murojaat qildi va urushni to‘xtatish uchun shoshilinch xalqaro aralashuvni talab qildi.

Juma kuni faqat Janubiy Afrikaning Falastin tinch aholisini himoya qilish uchun Isroilga zudlik bilan bosim o‘tkazish talabi ko‘rib chiqilmoqda, genosidning yakuniy hukmi esa yillar talab qilishi mumkin edi.

Xalqaro sudning ushbu bosqichda Janubiy Afrikani qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lishi Isroilga qarshi xalqaro sanksiyalarga olib kelishi mumkin.

Isroil barcha ayblovlarni rad etadi va suddan ishni butunlay to‘htatishni so‘radi.

"Biz, albatta, sud bu bema’ni ayblovlarni butunlay rad etishini kutamiz", – dedi payshanba kuni Isroil hukumati vakili Eylon Levi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта