45
Parijda polisiyachilar 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlari oldidan namoyish o‘tkazdi
Parijda 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlari oldidan qo‘shimcha to‘lovlar berilishini talab qilib bir necha yuz polisiyachi norozilik namoyishida ishtirok etdi. Bu haqda Fransiya OAVlari xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, kasaba uyushmalari Fransiyada huquq-tartibot xodimlarini ishga chiqmaslikka chaqirib, “qora payshanba” e’lon qilgan. Namoyishlar Bordo, Renn, Nant, Strasburg, Lion va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tdi. Ular ish tashlash va Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishiga xalaqit berish bilan tahdid qilishdi.
“Biz ko‘p marta rasmiylarga murojaat qildik, lekin yashash sharoitlari va ish tartiblarini taqsimlash bo‘yicha hech qanday ma’lumot olmadik. Bizga 12 dan 50 soatgacha bo‘lgan sikllar haqida aytishdi, bunday tartibda ishlash juda qiyin”, — dedi polisiyasi vakili.
Aksiya bir qator polisiya kasaba uyushmalari tomonidan tashkillashtirilib, huquq-tartibot idoralari xodimlarini bo‘lajak Olimpiada o‘yinlari davomida mashaqqatli mehnat uchun 2 ming yevro mukofot puli talab qilishga chaqirmoqda.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Olimpiada o‘yinlari davomida har kuni 30 mingdan ortiq polisiyachi xavfsizlikni ta’minlashi ko‘zda tutilgan.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring