Leningrad viloyatining Bugri shaharchasidagi qurilish maydonchasida 60 yoshli o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Hodisa 25 yanvar kuni “Enfild” turar joy majmuasining qurilish maydonida yuz bergan. Ustiga metall konstruksiyasi tushib ketgan O‘zbekiston fuqarosi boshidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Marhum Rossiyaga bir necha bor tashrif buyurgan bo‘lishiga qaramay, migrasiya organlarida ro‘yxatdan o‘tmagani aniqlangan.
Holat yuzasidan “Qurilish yoki boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzish” moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin.
Voqea bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring