+14° Kechasi +4°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
27-01-2024, 06:34
26

Evropada qizamiq ko‘paymoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar-oktyabr oylari orasida Yevropa mintaqasidagi 53 mamlakatning 40 tasida jami 30 mingga yaqin qizamiq kasalligi qayd etilgan. Bu 2022 yilga nisbatan 30 barobar ko‘p.

“AzerTAJ” xabarida epidemiya sabab 21 ming kishi kasalxonaga yotqizilgani, besh kishi vafot etgani aytilgan.

“Holat tashvishli, emlash bolalarni ushbu xavfli kasallikdan himoya qilishning yagona yo‘li”, – dedi JSST Yevropa byurosi rahbari Xans Anri.

Qizamiq keskin ko‘paygan Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda, asosan, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar xastalangan.

Milliy sog‘liqni saqlash xizmati ma’lumot berishicha, 16 yoshgacha bo‘lgan 3,4 milliondan ortiq britaniyalik bola o‘ta yuqumli kasallikdan himoyalanmagan. Shu bois tashkilot ko‘proq ota-onalarni farzandlarini emlashga undash maqsadida maxsus kampaniya boshlashga qaror qildi.

2019 va 2022 yillar oralig‘ida Yevropada emlash qamrovi o‘rtacha 96 foizdan 93 foizga tushdi. Buning sabablaridan biri asosiy e’tibor pandemiyaga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaratilganidir.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта