O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov kecha mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Belgiya elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Mark Mixelson bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ko‘p tomonlama tuzilmalar yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Tashqi ishlar vazirining rahbari o‘rinbosari elchining samarali faoliyatini qayd etib, uning O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.
Mark Mixelson, o‘z navbatida, Belgiya elchisi sifatidagi faoliyati doimiy qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring