24
Yaponiyaning g‘arbiy qismidagi zilzilalardan ko‘rilgan zarar 17,6 milliard dollarga yetishi mumkin
Noto yarim orolida yuz bergan qator zilzilalar natijasida yetkazilgan zarar 2,6 trillion iyen (17,6 milliard dollar)ga baholanmoqda.
Yaponiya hukumati yanvar oyi boshida Yaponiya g‘arbida sodir bo‘lgan qator zilzilalar oqibatida infratuzilmaga etkazilgan zararni baholashda davom etmoqda.
Yaponiya Vazirlar Mahkamasi ma’lumotlariga ko‘ra, zilziladan jabr ko‘rgan uchta prefektura - Ishikava, Niigata va Toyamada ko‘rilgan zarar 1,1 trilliondan 2,6 trillion iyenagacha bo‘lgan.
Avvalroq Ishikava prefekturasi gubernatori yanvar oyi boshida Noto yarim orolida va Ishikava qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan zilzilalar qurbonlari soni 232 nafarga yetganini ma’lum qilgandi.
Ayni paytda, zilzilalar natijasida uchish-qo‘nish yo‘lagi yorilib ketgan mahalliy Noto aeroporti hafta oxirida qayta ochilishi xabar qilingandi.
Yaponiya meteorologiya agentligi (JMA) ma’lumotlariga ko‘ra, 1—5 yanvar kunlari Noto yarim orolida va Ishikava prefekturasi qirg‘oqlarida 5 dan 7 ballgacha bo‘lgan qator zilzilalar sodir bo‘lgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring