+27° Kechasi +12°
Andijon (Bugun, 10 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 960.38 so'm (-6 so'mga)
151.92 so'm (+1.69 so'mga)
14 152.73 so'm (-61.02 so'mga)
18-01-2024, 22:49
50

Litva TIV rahbari Rossiya haqida hayratlanarli bayonot berdi

AQSh qo‘shinlarining Yevropadan olib chiqilishi Yevropa Ittifoqi uchun dahshatli tush bo‘ladi, bu haqda Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

“Hozirgi paytda Yevropa katta xavf ostida va biz, shubhasiz, Rossiya eskalasiyasining keyingi bosqichiga soat sanamoqdamiz”, – dedi u.

Maqolada qayd etilishicha, ayrim yevropalik rasmiylar agar Donald Tramp hokimiyat tepasiga kelsa, AQSh Ukrainaga yordam berishni to‘xtatib qo‘yishi va hatto NATOdan chiqishga urinishi mumkinligidan xavotirda. Bu Yevropani Vashington himoyasidan mahrum qiladi, chunki Rossiya qo‘shinlari uning ostonasida jang qilmoqda, mintaqa esa mudofaa sanoatini rivojlantirish uchun kurashmoqda, deya xulosa qiladi jurnalistlar.

Shu bilan birga, kecha Litva Mudofaa vazirligi Rossiyaning yaqin kelajakda G‘arb davlatlariga hujum qilish istiqbolini ko‘rmayotganini bildirgan.

Kuni kecha Germaniyaning "Bild" nashri bundesverning ma’lum bir maxfiy hujjatiga tayanib, Germaniya NATO va Rossiya o‘rtasidagi urushga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida yozdi. Germaniya Mudofaa vazirligi ssenariysiga ko‘ra, urush 2025 yilning yozida boshlanishi mumkin.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova mazkur ma’lumotni shunchaki “munajjimlar bashorati” deb atadi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya “Bild” gazetasidagi maqoladan emas, Ukrainadagi mojaroga aloqadorligidan xavotirlanishi kerak.
Top.Mail.Ru Анализ сайта