+24° Kechasi +12°
Andijon (Bugun, 22 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 938.20 so'm (-26.23 so'mga)
159.51 so'm (+1.23 so'mga)
14 710.73 so'm (-33.72 so'mga)
26-01-2024, 12:42
96

Urgut tumanida kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.B.” MCHJ rahbari R.E. aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida bank muassasasidan ajratilgan 2,2 mlrd so‘m imtiyozli kredit evaziga kartoshka mahsulotini import qilmasdan ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi hamda 497,9 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 184-moddasi (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта