+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
26-01-2024, 12:30
28

EXHT Ukrainaga yordamni kengaytiradi

Bu yil Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga raislik qilayotgan Malta, Rossiyaning e’tirozlariga qaramay, Ukrainaga yordamni kengaytirish tarafdori. Bu haqda 25 yanvar, payshanba kuni Venada Malta tashqi ishlar vaziri Ien Borg YEXHTga a’zo 57 davlat, jumladan, Rossiya vakillariga ma’lum qildi.

Rossiya 2022 yilda Ukrainaga hujum qilishi ortidan YEXHTning Ukrainadagi loyihalarini kengaytirishga to‘sqinlik qilishga urindi, biroq tashkilotning boshqa a’zolari, jumladan, Germaniya YEXHTning Ukrainadagi faoliyatini cheklovsiz davom ettirishini ta’minladi. Boshqa narsalar qatori, YEXHT Ukrainaga minalardan tozalash, odam savdosiga qarshi kurash va adliya institutlarini mustahkamlashda yordam bermoqda.

Kiyevga tashrif

Borg kelasi hafta YEXHT raisi sifatida Kiyevga tashrif buyurishini aytdi. U yerda, o‘z so‘zi bilan aytganda, kelgusi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini bildiradi.

Shu bilan birga, YEXHT doirasida Borg Moskvaning hamkorlikka tayyorligiga bevosita bog‘langan. Yaqinda Rossiya tashkilot bosh kotibi Helga Shmid bilan shartnoma muddatini ko‘p yilga uzaytirish va YEXHT byudjetini qabul qilishni blokladi.

Ien Borg Shmidning vakolat muddati tugaydigan sentyabr oyining boshigacha, o‘zi aytganidek, YEXHTning bardavomligini ta’minlash uchun ikkala masalani hal etish niyatida ekanini bildirdi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта