AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Erdo‘g‘onning Shvesiyaning NATO a’zoligini ma’qullaganini olqishladi.
Bu haqda Blinken ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida yozgan.
“Biz Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on tomonidan Shvesiya uchun ratifikasiya protokoli imzolanishini olqishlaymiz.
Biz hujjatlarni Vashingtonda qabul qilishni va Shvesiyani NATOning 32-ittifoqchisi sifatida kutib olishni intiqlik bilan kutamiz. Shvesiya va Alyans birgalikda kuchliroq”, dedi Blinken.
Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyaning Shvesiyaning NATOga a’zoligini ratifikasiya qilishini rasman ma’qullagan edi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring