19
Urush boshida Zelenskiy uchun favqulodda qochish poyezdi tayyor turgan
Rossiya bosqinining ilk kunlarida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning yordamchilari u qochishi ehtimoliga favqulodda poyezdni tayyorlab turishgan. Biroq Zelenskiy undan hech qachon foydalanmagan. Bu haqda Business Insider xabar berdi.
Tegishli ma’lumot Time nashri muxbiri Saymon Shusterning “Shoumen: dunyoni larzaga keltirgan va Vladimir Zelenskiyni yetakchiga aylantirgan bosqinning ichida” nomli kitobida yozilgan. Muallifning ta’kidlashicha, o‘shanda Ukraina prezidentining poytaxtdan qochib ketishi noma’lum edi. Zelenskiy poyezddan voz kechdi va Ukrainaning Rossiyaga qarshi mudofaasini boshqardi.
“2022 yilning fevralida, Rossiyaning shafqatsiz hujumining dastlabki kunlari boshlanganda, poyezd bo‘sh va Kiyev markaziy vokzalidan darhol jo‘nab ketishga hozir edi, vaqti-vaqti bilan qo‘riqchilar har qanday tahdid bor-yo‘qligini tekshirib turgan. Zelenskiyning kutilgan qochmaslik haqidagi qarori urushdagi birinchi burilish nuqtasiga aylanib, Ukrainaning Rossiya olg‘a siljishiga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati sifatida e’tirof etildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytdagi Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Rossiya Zelenskiyni vahimaga qo‘yishga va qochib ketishga undashga harakat qilgan.
“Rossiya taktikasi prezidentni Kiyevdan siqib chiqarish edi. Ular asabimizni sinab ko‘rdi”, — deydi Reznikov.
Shu bilan birga, birinchi Yelena Zelenskaya ikki farzandi bilan bir guruh qo‘riqchilar hamrohligida va bitta chamadon bilan shaxsiy poyezdda Kiyevdan ketgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring