+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
26-01-2024, 08:58
32

Fransiya: immigrasiya to‘g‘risidagi qonun loyihasining uchdan bir qismi olib tashlandi

Fransiyaning yangi immigrasiya qonuni ustida bir necha oy davom etgan kurashdan so‘ng, 25 yanvar, payshanba kuni respublika konstitusiyaviy kengashi ilgari deputatlar tomonidan ma’qullangan munozarali qonun loyihasining muhim qismini bekor qilib, uning 86 moddasidan 32 tasi yetarlicha qonuniy asosga ega emas, degan qarorga keldi.

Umuman olganda, konstitusiyaviy kengash muhojirlarning oilalarini Fransiyaga olib kelishini qiyinlashtirgan va ijtimoiy imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlarini cheklagan moddalarni senzura qildi. Qonun loyihasi, shuningdek, rasman «nomaqbul shaxslar» deb tan olingan xorijliklarni deportasiya qilish asoslarini ham kuchaytiradi.

Shu bilan birga, kengash prezident Emmanuel Makron hukumati tomonidan taklif etilgan qonun loyihasining aksariyat qoidalarini ma’qulladi, ammo matnga o‘ng va o‘ta o‘ng siyosatchilar, xususan, avvalroq immigrasiya qonunini «mafkuraviy g‘alaba» deb atagan Fransiyaning «Milliy front» siyosiy partiyasi rahbari Marin Le Pen bosimi ostida kiritilgan bir qator munozarali qo‘shimchalarga rozi bo‘lmadi.

Fransiya konstitusiyaviy kengashining qaroriga munosabat

Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen konstitusiyaviy kengash qarorini olqishladi va ijtimoiy tarmoqda shunday yozdi: «Konstitusiyaviy kengash hukumat matnini ma’qulladi. Hech qachon u huquqbuzarlarni chiqarib yuborish uchun bunchalik ko‘p imkoniyatlarni va chet elliklarning integrasiyalashuvi uchun juda ko‘p talablarni o‘z ichiga olmagan».

Konstitusiyaviy kengash qarori o‘ng qanot tomonidan qattiq tanqid qilindi. Shunday qilib, «Respublikachilar» partiyasi rahbari Erik Sotti kengash qonuniy emas, siyosiy qaror qabul qilganini aytdi. Fransiya yuqori palatasidagi respublikachilar yetakchisi Bryuno Retayoga ko‘ra, parlament endi qonunlar qabul qilmayapti.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта