Eron poytaxti Tehrondagi xususiy shifoxonada katta yong‘in sodir bo‘ldi, uning sababi hali aniqlanmagan.
Eron davlat televideniyesida gapirgan Tehron munisipalitetining yong‘in va xavfsizlik bo‘yicha vakili Jalol Melekiy shahar sharqidagi Gandi kasalxonasida mahalliy vaqt bilan soat 19:00 atrofida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘qligini aytdi.
Voqea joyiga yuborilgan o‘t o‘chirish brigadalarining yong‘inni o‘chirishga kirishganini ma’lum qilgan Meleki, voqea tafsilotlari o‘chirish ishlari yakunlangandan keyin ma’lum qilinishini aytdi.
Tehron Favqulodda yordam markazi rahbari Muhammad Ismoil Tavakquli ham viloyatdagi barcha tez yordam brigadalari shay holatga keltirilganini aytdi.
Gandi xususiy shifoxonasi bosh shifokori o‘z bayonotida yong‘in tufayli shifoxona evakuasiya qilingani va bemorlar boshqa shifoxonalarga o‘tkazilishini aytdi.
Davlat televideniyesi orqali namoyish etilgan kadrlarda alanga Tehron sharqidagi ko‘p qavatli xususiy shifoxona binosini qamrab olgani aks etgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring