27
AQSh o‘z harbiylarini Iroqdan olib chiqish rejalari haqida ma’lum qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Iroq yaqin orada Amerika qo‘shinlarini Yaqin Sharq mamlakatidan olib chiqib ketish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi, deya xabar beradi CNN manbalari.
✅ Ta’kidlanishicha, tomonlar «Oliy harbiy komissiya doirasida muloqotni boshlash bo‘yicha kelishuvga yaqin» va muzokaralar davomida bo‘lajak operasiyani amalga oshirish bo‘yicha qadamlar belgilanishi kutilmoqda.
Telekanal ta’kidlaganidek, Qo‘shma Shtatlar qo‘shinlarni olib chiqish jadvalida Iroqdagi mavjud vaziyat hamda hukumat va xavfsizlik kuchlarining barqarorlik darajasini hisobga olishni istaydi. Shu bilan birga, Iroq rasmiylari amerikalik qo‘shinlarni olib chiqish sanalariga hech qanday sharoit ta’sir qilmasligi kerak, deb hisoblaydi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring