Pentagon rasmiylari payshanba kuni tunda Yamandagi Eron bilan ittifoqdosh qurolli husiylar harakati nishonlariga to‘rtinchi zarbalar seriyasini amalga oshirganini tasdiqladi.
Yaqin Sharq uchun mas’ul bo‘lgan AQSh Markaziy qo‘mondonligiga ko‘ra, zarbalar AQSh harbiy kemalaridan uchirilgan Tomahawk raketalari bilan amalga oshirilgan.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi BBCga Yamandagi mazkur zarbalarda ishtirok etmaganini bildirdi.
Amerika Markaziy qo‘mondonligi nishonlar Qizil dengizdagi kemalarga hujum qilish uchun tayyorlangan 14 ta husiy raketasi ekanligini ma’lum qildi.
"Ular uchirish qurilmalariga o‘rnatilgan va shu sababli tijorat va AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalariga xavf tug‘dirgan va istalgan vaqtda ishga tushirilishi mumkin edi. Bu esa AQSh harbiylarini o‘zini himoya qilish huquqi va mas’uliyatidan foydalanishga majbur qildi", deyiladi bayonotda.
Bundan biroz oldin Bayden ma’muriyati husiylarni yana xalqaro terrorchi tashkilot deb e’lon qildi. “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring